Startaplar uchun venchur studio

Startapingizni yangi cho‘qqiga olib chiqamiz.

G‘oyadan MVP’gacha, market fitdan investitsiyagacha — 18 oy davomida har bir bosqichda yoningizdamiz.

Har bir kabinada — bir startap tarixi.

Pastga aylantiringPastga suring

Biz haqimizda

Startup Garage — startaplar uchun to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi venchur studio. 8 yillik tajribaga ega ekspertlar g‘oyangizni MVP darajasiga olib chiqish, investitsiya jalb qilish va loyihani kengaytirishda yoningizda bo‘ladi.

18 oystartapni barqaror biznesga aylantirish dasturi
8 yilekspert va murabbiylarimiz tajribasi
1000+dasturlarimizdan o‘tgan o‘quvchilar
$4.55M+loyihalar uchun jalb qilingan investitsiya

Yo‘l xaritasi

Besh bosqich. Bitta cho‘qqi.

Startapingiz bosqichiga qarab g‘oyani aniqlashtirish, MVP, dastlabki foydalanuvchilar, o‘sish strategiyasi va investorlar bilan ishlashda yordam beramiz.

  1. 01 0 m

    G‘oya

    Muammoni aniq belgilaymiz, bozorni tahlil qilamiz va g‘oyani real mijozlar bilan sinab ko‘ramiz.

    • G‘oyani validatsiya qilish
    • Bozor va raqobat tahlili
    • Biznes modelni shakllantirish
  2. 02 1 200 m

    MVP

    Eng kerakli funksiyalar bilan mahsulotni tez ishga tushiramiz va birinchi foydalanuvchilarni topamiz.

    • MVP’ni loyihalash va yaratish
    • Birinchi foydalanuvchilarni jalb qilish
    • Mahsulot metrikalari
  3. 03 2 400 m

    Market fit

    Mijozlar pul to‘lashga tayyor bo‘lgan qiymatni topamiz — narx va unit-ekonomikani sozlaymiz.

    • Market fitni o‘lchash
    • Narx va unit-ekonomika
    • Mentorlik sessiyalari
  4. 04 3 600 m

    O‘sish

    Marketing va sotuv tizimini quramiz, jamoani kengaytirib o‘sishni tezlashtiramiz.

    • O‘sish strategiyasi
    • Marketing va sotuv tizimi
    • Jamoani kengaytirish
  5. 05 4 800 m

    Investitsiya

    Pitch tayyorlaymiz, investorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilamiz va xalqaro bozorga chiqishga yordam beramiz.

    • Pitch-deck va Demo Day
    • Investorlar bilan uchrashuvlar
    • Xalqaro bozorga chiqish

Nimalar bilan yordam beramiz

Startapingiz uchun hamma narsa — bir joyda.

01

Barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlash

G‘oyadan bozorga chiqishgacha — har bir bosqichda aniq reja va natijaga yo‘naltirilgan tracking.

02

Netvorking va resurslar

Founderlar hamjamiyati, sanoat ekspertlari va hamkor kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa.

03

Individual kouching va mentorlik

Mohirdev, Magicbot, Pulse EV kabi loyihalar asoschilaridan shaxsiy mentorlik sessiyalari.

04

Professional biznes ta’lim

Mahsulot, marketing, sotuv, moliya va boshqaruv bo‘yicha amaliy o‘quv dasturi.

05

Investitsiya jalb qilish

Pitch tayyorlash, investorlar bilan uchrashuvlar va xalqaro bozorga chiqishda ko‘mak.

→

Startapingiz qaysi bosqichda?

Ariza qoldiring — jamoamiz siz bilan bog‘lanib, mos yo‘lni taklif qiladi.

Portfolio

Cho‘qqiga chiqqanlar.

Barcha loyihalar →
Tushgan investitsiya
$4.55M+rezidentlar uchun jalb qilingan investitsiya
Grantlar
$662Kgrant sifatida olingan
Bito
$630,000Investitsiya $600K · Grant $30KAloqa Ventures, IT Park Ventures, President Tech Award
BigMart
$500,000Investitsiya $500KAloqa Ventures, Imkon Ventures, IT Park Ventures, United Ventures
Alipos
$280,000Investitsiya $280KAloqaVentures, Imkon, Nexus
Karmon AIAI · MVP
$170,000Investitsiya $50K · Grant $120KAloqaVentures, Imkon Ventures

Dasturlar

O‘zingizga mos yo‘lni tanlang.

18 oy

Rezidentlik

Startapingizni barqaror biznesga aylantirish uchun to‘liq dastur: ofis, mentorlik, tracking va investorlar bilan uchrashuvlar.

Rezident bo‘lish
Ta’lim

Founders School

Startap boshlamoqchi bo‘lganlar va tajribali tadbirkorlar uchun keng qamrovli o‘quv dasturi: yaratish, boshqarish va kengaytirish.

Batafsil →

Hamkorlarimiz

AloqaVenturesUzVCSturgeonSQBDigital.uz

FAQ

Ko‘p beriladigan savollar.

Startup Garage nima?

Startup Garage — startaplarning o‘sishini tezlashtirish uchun zarur vositalar, bilim va qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlaydigan intensiv, loyiha asosidagi dastur. Stenford Universitetining mashhur Startup Garage dasturidan ilhomlangan.

Startup Garage’ga kimlar murojaat qilishi mumkin?

Tadbirkorlikka ishtiyoqi bo‘lgan va innovatsion biznes g‘oyaga ega bo‘lgan har qanday shaxs. Biz barcha sohalardan va Markaziy Osiyodan kelgan tadbirkorlarni qabul qilamiz.

Dastur qancha davom etadi?

Rezidentlik dasturi 18 oy davomida startapingizni barqaror biznesga aylantirishga qaratilgan. Bootcamp dasturi startap yo‘lining barcha bosqichlarini — ideatsiyadan bozorga chiqishgacha qamrab oladi.

Dasturda qanday mavzular qamrab olinadi?

Startap asoslari, mahsulot rivojlanishi, mahsulotni ishga tushirish, moliya va mablag‘ yig‘ish, marketing va savdo, operatsiyalar va boshqaruv.

Qo‘shilish uchun to‘lov bormi?

Ha, dasturga qo‘shilish uchun to‘lov mavjud. Biroq va’da beruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun turli moliyalashtirish imkoniyatlari va stipendiyalar taklif qilamiz.

Tanlash jarayoni qanday?

Dastlabki ariza ko‘rib chiqiladi, so‘ngra qisqa ro‘yxatga kirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Biznes g‘oya, tadbirkorlik salohiyati va dasturga tayyorlik baholanadi.

Jamoa sifatida murojaat qilish mumkinmi?

Ha, individual ravishda yoki jamoa sifatida murojaat qilishingiz mumkin. Jamoa bo‘lsangiz, arizada barcha a’zolar haqidagi ma’lumotlarni kiriting.

Dastur tugagandan so‘ng nima bo‘ladi?

Ishtirokchilar o‘z bizneslarini potensial investorlarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bitiruvchilarga doimiy qo‘llab-quvvatlash va resurslar taklif qilinadi.

Cho‘qqiga birga chiqamiz.

Ariza qoldiring — menejerlarimiz siz bilan bog‘lanib, startapingiz uchun mos yo‘lni taklif qilishadi.